Xitoy markaziy meteorologiya boshqarmasining ma'lum qilishicha, dushanba kuni ertalab Xitoyning sharqiy qismidagi Shanxayga yetib kelgan "Bebinka" to'foni 1949-yildan beri sodir bo'lgan eng kuchli to'fon bo'ldi.
Bebinka” to‘foni Shanxayga dushanba kuni ertalab soat 7:30 da (Toshkent vaqti bilan 4:30) yetib kelgan, o‘shanda shamolning maksimal kuchi sekundiga 42 metrga yetgan.
"Bebinka” “Gloriya” tayfunidan o‘tib ketdi va 1949-yildan beri Shanxayga yetib kelgan eng kuchli tayfunga aylandi", — deyiladi agentlik bayonotida.
Taxminlarga ko‘ra, Shanxaydan o‘tgach, tayfun g‘arbiy shimoli-g‘arbga soatiga taxminan 25 kilometr tezlikda harakatlanadi. “Bebinka”ning kuchi asta-sekin pasayib, 17-sentyabrga o‘tar kechasi Anxoy va Xenan provinsiyalari chegarasida tropik depressiya darajasigacha susayadi. Rasmiylar aholiga o‘ta zarurat bo‘lmasa, xavfsiz boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya qilmoqda.