Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ikki kunlik safar davomida tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.