Ijtimoiy sohada xitoyliklar tajribasi o‘rganildi

13.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

436207605_8471357966212646_2976954529601839064_n

foto:Instagram
 
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, delegatsiya ushbu davlatda uchta muassasani o‘rgangan. Ulardan biri Shanxay Bolalar tibbiyot markazi. Bu markaz pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha erishgan yutuqlari bilan ajralib turadi, Ulitsao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazi esa qiyin vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash uchun kurashadi va oilalarini qo‘llab-quvvatlash ustida ish olib boradi. 
 435930303_283545608161642_2213457250965235992_n
 Shanxay reabilitatsiya uskunalari ko‘rgazma markazi nogironlar va keksalar uchun ularni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan keng turdagi yordamchi uskunalarni taqdim etadi. 
 
 Shahnoza Mirziyoyeva bu kabi markazlar tajribasini o‘rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qurish mumkinligini ta’kidlagan