Oʻzbekistonda 2026-yilning fevral oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 6,8 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Taʼlim xizmatlari hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda quyidagicha koʻrinish olgan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 172,8 mlrd soʻm;
- Andijon viloyati – 321,2 mlrd soʻm;
- Buxoro viloyati – 280,9 mlrd soʻm;
- Jizzax viloyati – 107,9 mlrd soʻm;
- Qashqadaryo viloyati – 253,2 mlrd soʻm;
- Navoiy viloyati – 85,6 mlrd soʻm;
- Namangan viloyati – 315,8 mlrd soʻm;
- Samarqand viloyati – 445,7 mlrd soʻm;
- Surxondaryo viloyati – 208,6 mlrd soʻm;
- Sirdaryo viloyati – 67,8 mlrd soʻm;
- Toshkent viloyati – 315,7 mlrd soʻm;
- Fargʻona viloyati – 413 mlrd soʻm;
- Xorazm viloyati – 191,9 mlrd soʻm;
- Toshkent shahri – 3,6 trln soʻm.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilga nisbatan 24,8 foizga oshgan.