Oʻzbekiston dunyodagi eng koʻp aholiga ega 40 ta davlat qatoridan joy oldi

2026-yil 1-yanvar holatida Oʻzbekistonning doimiy aholisi 38 million 236 ming 704 kishini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Dunyo aholisi sonining har milliardga oʻsishi yillar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • 1804-yil – 1 mlrd kishi;
  • 1927-yil – 2 mlrd kishi;
  • 1960-yil – 3 mlrd kishi;
  • 1974-yil – 4 mlrd kishi;
  • 1987-yil – 5 mlrd kishi;
  • 1999-yil – 6 mlrd kishi;
  • 2011-yil – 7 mlrd kishi;
  • 2022-yil – 8 mlrd kishi.

2026-yil holatiga koʻra, dunyo aholisi 8,2 milliarddan oshgan.

Oʻzbekiston ushbu koʻrsatkich bilan aholi soni boʻyicha dunyodagi eng koʻp aholiga ega 40 ta davlat qatoriga kirdi.