Samarqand viloyatida qurilish ishlari hajmi 17,3 foizga koʻtarildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2025-yilda Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda quyidagicha koʻrinish olgan (2026-yil 1-yanvar holatiga):
- doimiy aholi soni — 4 379 791 kishi;
- yalpi hududiy mahsulot hajmi 8 foizga;
- sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,5 foizga;
- qurilish ishlari hajmi 17,3 foizga;
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 10,3 foizga;
- bozor xizmatlari hajmi 15,9 foizga;
- tashqi savdo aylanmasi hajmi 33,6 foizga;
- eksport hajmi 29,9 foizga;
- import hajmi 35,1 foizga;
- asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 25,6 foizga;
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 3,3 foizga oʻsgan.