“Ochiq byudjet” gʻoliblari eʼlon qilindi

“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi gʻolib loyihalari eʼlon qilindi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, jarayonlarda mamlakatimiz boʻylab jami 10 million 284 mingta ovoz berilgan. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, jami 1 ming 996 ta (1 ming 980 ta anʼanaviy hamda 16 ta sheriklik) loyiha gʻolib deb topilgan.

“Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda «Tashabbusli byudjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol boʻlishingizni soʻrab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: