Oʻzbekiston World Happiness Report reytingida 147 ta davlat ichida 53-oʻrinni egalladi.
Indeksni tuzishda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAIM, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash darajasi, umr koʻrish davomiyligi, fuqarolik erkinliklariga rioya qilinishi, bandlik kafolatlari, korrupsiya darajasi, jamoatchilik fikri soʻrovnomalari natijalari kabi koʻrsatkichlar hisobga olingan.
Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrni oʻzgarmadi — oʻtgan yili ham davlat 53-pogʻonada qayd etilgan edi. Mamlakatdagi baxt darajasi 10 balldan 6,283 ballga baholandi.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari egallagan oʻrinlar:
Qozogʻiston — 33-oʻrin;
Qirgʻiziston — 66-oʻrin;
Tojikiston — 88-oʻrin;
Turkmaniston roʻyxatda mavjud emas.
Finlyandiya yana bir bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi. Eng oxirgi oʻrinni Afgʻoniston egalladi.