Oʻzbekistonda bir oyda 668,2 mlrd soʻmlik qogʻoz ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd soʻmlik qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida qogʻoz va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

• Qoraqalpogʻiston Resp. – 0,3 mlrd soʻm;

• Andijon viloyati – 49,2 mlrd soʻm;

• Buxoro viloyati – 11,1 mlrd soʻm;

• Jizzax viloyati – 4 mlrd soʻm;

• Qashqadaryo viloyati – 1,6 mlrd soʻm;

• Navoiy viloyati – 2,1 mlrd soʻm;

• Namangan viloyati – 20,2 mlrd soʻm;

• Samarqand viloyati – 34,4 mlrd soʻm;

• Surxondaryo viloyati – 0,5 mlrd soʻm;

• Sirdaryo viloyati – 3 mlrd soʻm;

• Toshkent viloyati – 206,1 mlrd soʻm;

• Fargʻona viloyati – 32,4 mlrd soʻm;

• Xorazm viloyati – 22,1 mlrd soʻm;

• Toshkent shahri – 281 mlrd soʻm.