Samarqand viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash ishlari oʻrganilmoqda

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Orzigul Kozixonova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda ularning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati oʻrganilmoqda.

“Bitiruvchi yoshlar bandlik dasturi” doirasida 51 718 nafar yosh qiz va oʻgʻil bolalar qamrab olingan boʻlib, 37,8 mingining bandligi taʼminlangan.

Shu bilan birga, “Ogʻir toifa”dagi 12 316 nafar ishsiz bilan manzilli ishlar olib borilib, ularning katta qismi ish bilan taʼminlangan. 3356 kishi doimiy ishga joylashtirildi, 4837 kishi oʻzini-oʻzi band qildi, 1676 kishiga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi, 1255 kishi mehnat migratsiyasiga yuborildi.

Oʻtgan yil davomida tijorat banklari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida jami 7 302 ta kredit ajratilgan boʻlib, ularning hajmi 713 mlrd soʻmni tashkil etgan. Ushbu mablagʻlar asosan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilgan.

Shuningdek, 2024–2025-yillar davomida 30,7 ming kishi yer olish istagini bildirgan. Ularning 26,7 mingi oʻqitilgan boʻlib, 20,2 mingiga yer maydonlari ajratilgan.

Bundan tashqari, mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlarning 23,7 mingi ish bilan taʼminlangan.

Ishchi guruh ushbu yoʻnalishda oʻrganish ishlarini davom etmoqda.