Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ushbu YTH bugun, 20-fevral kuni soat 17:10larda Asaka tumani “Yangisor” MFY Yangisor koʻchasidan oʻtgan D-105 “Asaka — Andijon” avtomobil yoʻlining 160 km.da sodir boʻlgan.
Unda 1991-yilda tugʻilgan haydovchi B.A. “Nexia-3” rusumli avtomashinasida “Yangisor — Doʻng” koʻchalari kesishgan chorrahasidan chap tomonga burilayotib, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “Tracker-2” rusumli avtomashinasi oʻtkazib yubormasdan, u bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir qilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, toʻqnashuv oqibatida “Nexia-3” rusumli avtomashinasidagi 1 nafar yoʻlovchi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.