Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Lada” va “Damas” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea bugun, 13-fevral kuni soat taxminan 14:00 larda Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan D012 “Bektemir-Chorbogʻ q” avtomobil yoʻlining 18-kilometrida roʻy bergan.
2002-yilda tugʻilgan haydovchi “Lada” rusumli avtomobilni boshqarib kelayotgan vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan “Damas” avtomobiliga borib urilgan. Oqibatda transport vositalaridan birida boʻlgan yoʻlovchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.