Nurafshon va Neijiang – birodarlashgan shaharlar

21.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Xitoyning Sichuan provinsiyasining yirik sanoat markazlaridan biri hisoblangan Neijiang shahri delegatsiyasi Toshkent viloyati Nurafshon shahrining salohiyati va imkoniyatlarini o‘rgandi. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi tomonidan xabar qilindi.

bWmhUgvoDgYWEsuVMMoERoRe4h5TAMg2_front

Uza.uz saytidan olingan surat.

Xabarga ko‘ra, dastlab xitoyliklar “Nurafshon biznes siti”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ularga shahar hokimi tomonidan 2017-2023-yillarda viloyatga kiritilgan investitsiyalar hajmi hamda bugungi kunda Xitoy va Toshkent viloyati korxonalari o‘rtasidagi tovar aylanmasi miqdori haqidagi ma’lumotlar taqdim qilindi.

Shundan so‘ng Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Neijiang shahri meri Li Dan bilan muloqotda hududda qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarning ilg‘or tajribalarini joriy etish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarilayotgan boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish yuzasidan hamkorlik takliflarini ko‘rib chiqdi.

Yig‘ilganlarga Toshkent viloyatini eng yaxshi texnologiyalarga asoslangan “ilg‘or sanoat hududi”ga aylantirish bo‘yicha ishlar boshlaganini, hozir Xitoyning bir qator sanoat zonalari bilan birgalikda viloyat hududlarida alohida texnoparklar tashkil qilinayotgani aytildi.

Uchrashuvda Neijiang va Nurafshon shaharlariga “Birodarlashgan shahar maqom”ini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

xnaaoISURtGpJDHwZEGCZhmLuActkyK1_front

Uza.uz saytidan olingan surat.