Surxondaryoda “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

22.04.2024 00:00 O'zbekiston 4

Ma'lumki, 2021-yildan buyon mamlakatimizda har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyatida ham haftalik doirasidagi tadbirlarga start berildi. 

31c89429592619eed1056854a4b9d5ee0422

Foto: “Xalq soʻzi”

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati boʻlimi, Adib Sobir Termiziy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi va boshqa manfaatdor tashkilot, muassasalar hamkorligida tashkil etilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” joriy yilning 22-26-aprel kunlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda "Xalq so‘zi" gazetasi veb saytida xabar qilindi.

8e3d7054e37254f46f86332c23a59b6b0422

Foto: “Xalq soʻzi”

Qayd etilishicha, “Kitobsevar millat” shiori ostida tashkil etilgan haftalikning tantanali ochilish marosimida soʻz olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda aholi oʻrtasida kitobxonlikni ommaviylashtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlagan.

“Kitobxonlik haftaligi” mazkur yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir. Haftalik davomida “Ochiq eshiklar kuni” kitoblar koʻrgazmasi, “Bir farzandga uchta kitob”, “Bir haftada bir kitob”, “Farzandimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyalari tashkil etiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida oilaviy kitob oʻqish anʼanasini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon ustoz”, “Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi” tanlovlari oʻtkaziladi.

Shu kunning oʻzida yangi nashr etilgan kitoblar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar vohaning barcha tumanlarida davom ettirilmoqda.