2026-yil 5-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda China Coal Resource Development kompaniyasi vakillari bilan onlayn videokonferensiya shaklidagi uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida xorij kompaniyasi vakillari hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, joriy quvvatlarni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qiziqish bildirdi.
Shuningdek, tomonlar ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun aniq loyiha takliflari va loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish hamda hamkorlik shartlarini muhokama qilishga kelishildi.