Senatorlar faol yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning oʻrni, qonun ijodkorligi va parlament faoliyatidagi ishtiroki, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senati aʼzolari Rustam Kalanov hamda Shavkat Ayupov turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning oʻrni, qonun ijodkorligi va parlament faoliyatidagi ishtiroki, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.

Senatorlar yoshlar bilan bevosita muloqot orqali ularni qiziqtirgan taklif va tashabbuslarni tinglab, oʻz fikrlari va tavsiyalarini bildirdi.

Yoshlar parlamenti aʼzolari huquqiy madaniyatini oshirish, parlament nazorati jarayonlarida yoshlar ishtirokini kengaytirish hamda hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.