Toʻrtta metro bekatida yopiq turgan vestibyullar ochiladi

Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishda davom etadi

Toshkent metropolitenining toʻrtta bekatidagi yoʻlovchi oqimi kamligi sababli uzoq yillar davomida yopiq turgan vestibyullari ochiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchi oqimining ortib borayotgani hamda poytaxt aholisining talab va istaklarini inobatga olgan holda, uzoq yillar davomida yopiq boʻlgan “Oʻzbekiston”, “Mashinasozlar”, “Gʻafur Gʻulom” va “Milliy bogʻ” metro bekatlarining bir tomon kirish (vestibyul) qismlarida texnik yangilash ishlari amalga oshirilgan.

Foto: Toshkent metropoliteni

Hozirga kelib esa ushbu vestibyullarda barcha texnik jarayonlar yakunlanib, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Mazkur vestibyullar ertaga, 11-dekabrdan boshlab yoʻlovchilar uchun qayta ochiladi.

Foto: Toshkent metropoliteni

“Toshkent metropoliteni yoʻlovchilarga qulay va xavfsiz xizmat koʻrsatishda davom etadi!” deyiladi korxona matbuoti xabarida.