Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.J. “J.I.” MCHJ savdo do‘konida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 60,2 mln so‘mlik turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 3 302 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.