Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 23-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
"Xalq so‘zi" nashri xabariga koʻra, dollarning rasmiy kursi 90,27 soʻmga oshdi va 12 101,29 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 73,44 soʻmga oshib, 14 031,45 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,07 soʻmga pasayib, 148,01 soʻmni tashkil etdi.