Tibetdagi Everest togʻining sharqiy yonida kuchli qor boʻroni tufayli qariyb 1 mingga yaqin sayyoh va mahalliy aholi vakillari yoʻllarda qolib ketdi. Bu haqda Reutersga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, qutqaruv ishlari 4,9 km balandlikda olib borilmoqda. Qor yogʻishi natijasida kempinglarga olib boradigan yoʻllar yopilib qolgan.
Xitoy OAV yozishicha, qor yomgʻiri juma kuni kechqurun boshlangan va shanba davomida ham toʻxtamagan.
Mahalliy hokimiyat qor toʻsib qolgan yoʻllarni ochish uchun yuzlab qutqaruvchilar va aholi vakillarini jalb etgan. Ayrim sayyohlar allaqachon evakuatsiya qilingani maʼlum qilindi.
Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli “Everest” milliy tabiat bogʻiga chipta savdosi va kirish vaqtincha toʻxtatildi.