11
11

Xiva shahrida Oʻzbekiston neyroxirurglarining IV anjumani ish boshladi

15 ta xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi neyroxirurg olimlar ishtirok etmoqda

05.09.2025 18:27 O'zbekiston 305

Xiva shahrida Oʻzbekiston neyroxirurglarining IV anjumani ish boshladi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek, 15 ta xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yetakchi neyroxirurg olimlar, amaliyotchi shifokorlar, sohaga daxldor mutaxassislar ishtirok etyapti. Konferensiya dasturidan oʻrin olgan dolzarb mavzulardagi ilmiy maʼruzalar sohadagi yangiliklardan xabardor boʻlish, bilim va tajriba almashish, eng muhimi, bemorlarga yanada samarali, innovatsion yordam koʻrsatish imkonini beradi.