Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Gʻ.T. “Ishtixon” MFY hududidagi noturar binoda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 128,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Nurobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.S. “Nurdum” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 144,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.