Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina yetakchisi oʻzining Xʻdagi sahifasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar
Vladimir Zelenskiy Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan holda mazkur tabrik xati rasmni eʼlon qilgan.
“Ukrainaning milliy bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan sizni va butun Ukraina xalqini samimiy muborakbod etaman. Ishonchim komilki, davlatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik va uzoq muddatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaatlari yoʻlida rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, ukrain xalqiga esa tinchlik-omonlik va farovonlik tilab qolaman”, deyilgan Oʻzbekiston Prezidentining tabrik xatida.

Zelenskiy, oʻz navbatida, Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasida samarali hamkorlikni izchil rivojlantirish hamda ikki tomonlama munosabatlarni doʻst xalqlar manfaati yoʻlida mustahkamlashga ishonch bildirgan.
“Men Ukraina hududiy yaxlitligi masalasidagi Sizning pozitsiyangizni va ukrain bolalarini Oʻzbekistonda sogʻlomlashtirishga qaratilgan insonparvar tashabbuslaringizni yuksak qadrlayman”, deb yozgan Ukraina Prezidenti.