DXX kubogi musobaqasining Respublika bosqichi start oldi

Futbol va mini-futbol sport turlari, shuningdek, qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

18.08.2025 16:01 O'zbekiston 212

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “DXX kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi oʻyinlari start oldi. Unda yigitlar oʻrtasida futbol va mini-futbol sport turlari, shuningdek, qizlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda. 

|Xalq so‘zi" nashri veb saytining xabar berishicha, 17-avgust kuni turnirning guruh bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijalari bilan quyidagi suratlar orqali tanishishingiz mumkin:

Подпись к изображению


Подпись к изображению


Подпись к изображению


Bugun, 18-avgust kuni soat 08:00 dan yigitlar va qizlar oʻrtasida mini-futbol musobaqalarining 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kunning ikkinchi yarmida futbol boʻyicha bahslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.