Irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish uchun har yili 1,3 trln soʻm ajratiladi

Qarorga koʻra, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stansiyasiga muqobil energiya manbalari hamda energiya tejamkor qurilmalarni oʻrnatish loyihasi amalga oshiriladi

18.08.2025 15:59 O'zbekiston 328

Prezidentning Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Подпись к изображению


2025–2028-yillarga moʻljallangan dasturning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trillion soʻm ajratish va xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan 300 million AQSH dollarini oʻzlashtirish belgilangan.

Shuningdek, suv taʼminoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish rejalashtirilgan.

Qaror bilan Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stansiyasiga muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) hamda energiya tejamkor qurilmalarni oʻrnatish loyihasi amalga oshiriladi.