Bu xalqaro standart talablarini vazirlikda qo‘llash uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 14 ta ichki lokal hujjat yangi tahrirda qabul qilinib, idoraviy mexanizmlar joriy etildi hamda “korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida 4 ta axborot tizimi yaratildi, 2 tasi takomillashtirildi hamda 3 ta mobil ilova ishga tushirildi.
Respublikadagi 3 838 ta tibbiyot muassasaci DMED tizimiga ulanib, 32,8 mln. nafar aholining yagona elektron tibbiy kartasi shakllantirildi.
Suhbat davomida xalqaro tashkilotlar va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda vazirlikda boshlangan “huquqiy eksperiment” doirasida xalqaro standartni joriy qilish haqida to‘xtamga kelindi.
Shuningdek, Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi loyihasi doirasida tibbiyot sohasida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, zarur tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng joriy etishga kelishib olindi.