Ichki ishlar vazirligi tomonidan avtomashinalarning orqa va yon oynalariga tonirovka qilishga qisqa muddatli ruxsatnomalar berish tartibini joriy etish boʻyicha hujjat muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unga koʻra, M1 toifaga oid avtotransport vositalarining orqa va old yon oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun har yili 1-maydan 31-avgustgacha boʻlgan davr mobaynida ruxsatnomalar uchun alohida – chegirmali tartib amal qilishi mumkin.
Ruxsatnoma narxlari qanday boʻladi?
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: 1 BHM (412 ming soʻm)
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun: 5 BHM (2 mln 60 ming soʻm)
Yillik ruxsatnomalar narxi oʻzgarishsiz qoladi:
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun: 8 BHM (3 mln 296 ming soʻm)
Xorijiy yuridik shaxslar uchun: 14 BHM (5 mln 768 ming soʻm)
Loyiha jamoatchilik muhokamasi 2025-yil 22-avgustgacha davom etadi.
Eslatma: M1 toifasiga kiruvchi transport vositalari — haydovchidan tashqari 8 tagacha oʻrindiqqa ega boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan yengil avtomashinalardir.