Prezident Administratsiyasida yana ikkita tayinlov amalga oshirildi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

01.08.2025 14:13 O'zbekiston 143

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining farmoyishi bilan:

Elmurod Iqboljon o‘g‘li Najimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga;

Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.