O‘simliklar fabrikasi

29.07.2025 18:08 Video 279 XXR Shinjon

2016 yildan beri Tayvanlik qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Chjan Shitsze Shinjonda ishlab kelmoqda. Qariyb o‘n yil muqaddam u bu yerda “o‘simliklar fabrikasi” tushunchasini joriy etish, agrosanoatni yangi texnologiyalar asosida rivojlantirish orzusi bilan ayni hududga ko‘chib kelgan edi.

O'zining vatani Tayvanni tark etib, Chjan 4 ming kilometrdan ko'proq masofani bosib o'tdi va mamlakatning shimoli-g'arbiy qismida joylashdi. Bu yerda kompaniyasiga asos solib, loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Uning maqsadi gidroponikadan foydalangan holda ko‘p pog‘onali sabzavot yetishtirish bo‘yicha avtomatlashtirilgan issiqxona majmualarini ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. Bunday issiqxonalarda ozuqa eritmalari tuproq o'rnini bosadi va mikroiqlim yorug'lik, harorat, namlik va karbonat angidridni nazorat qilish tizimlari tomonidan to'liq nazorat qilinadi.

Video shu xususida.