Oʻzbekiston hududida kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda

29.07.2025 18:03 O'zbekiston 154

 Joriy yilning 30-iyul-1-avgust kunlari Oʻzbekiston hududida kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxoʻja Habibulloxoʻjayevga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

RASM:XS.UZ


Bildirilishicha, ushbu kunlarda respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.