Surxondaryo viloyatida 439 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning Termiz shahridagi “X.M” MCHJga qarashli noturar binoda gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi oqibatida 1,3 milliard soʻmlik 439 ming kub metr tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli tadbirkorlar shuni unutmangki, energoresurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.