Bugun harorat nisbatan pastlashi mumkin

23.07.2025 10:00 O'zbekiston 398

“Oʻzgidromet” 23-iyul uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri veb sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.