Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-iyul kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 100,17 soʻmga tushdi va 12 658,19 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 148,00 soʻmga pastladi va 14 672,11 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,90 soʻmga koʻpayib, 161,44 soʻmni tashkil etdi.