2025-yilning yanvar may oylarida 4,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Foto: xs.uz
Turistlarning mamlakatlar boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
Qirgʻiz Respublikasi –1 280,1 ming nafar
Tojikiston – 993,7 ming nafar
Qozogʻiston – 889,6 ming nafar
Rossiya – 334,3 ming nafar
Afgʻoniston – 199,2 ming nafar
Turkmaniston – 142,5 ming nafar
Turkiya – 65,8 ming nafar
Xitoy – 51,9 ming nafar
Hindiston – 28,5 ming nafar
Italiya – 17,4 ming nafar
Boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar
Xabarda aytilishicha, yanvar may oylarida tashrif buyurgan sayyohlar koʻrsatkichi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 million nafarga yoki 48,2 foizga oshgan.