Turizm qishlogʻiga borish endi osonlashadi

16.07.2025 00:00 O'zbekiston 10

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-dekabrdagi tegishli qarorida Shahrisabz tumanining Hisorak qishlogʻidan Gʻyelon qishlogʻiga olib boruvchi 21 kilometr uzunlikdagi yoʻlni uchinchi toifaga moslab qayta qurish boʻyicha vazifa belgilab berilgan edi.

8104c0ab983aa2c4795e53ba4584a60b0716

Ayni paytda shu yoʻlning loyiha hujjatlari tasdiqlanib, qurilish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Gʻyelon qishlogʻi dengiz sathidan 2000 metrdan oshiq balandlikda joylashgan boʻlib, u oʻzining goʻzal tabiati, qishloq ahlining milliy anʼana va urf-odatlari, dehqonchilik madaniyati bilan mashhur.

Qishloqqa olib boruvchi yoʻlning uchinchi toifaga moslab qayta qurilishi esa yilning barcha fasllarida sayyohlarning bemalol kelishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.