Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazildi

16.07.2025 00:00 O'zbekiston 13

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanaliga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

photo_2021-04-09_09-33-20

Farmonga koʻra:

  • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatilib uning axborot sohasida nazorat va monitoring boʻyicha vazifa va funksiyalari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasiga oʻtkazildi;
  • Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazildi;
  • Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi negizida Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;
  • Administratsiya matbuot xizmati media-markazi negizida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;
  • Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etildi;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Administratsiya boʻysunuviga oʻtkazildi.

Hujjat bilan 2025-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi:

  • byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish;
  • hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklar iqtisodiy, maʼmuriy va moliyaviy vakolatlarini yanada kengaytirish.