Toshkent shahrida yirik yongʻin sodir boʻldi

15.07.2025 00:00 O'zbekiston 7

Toshkent shahri Chilonzor tumanida quruq oʻt va eski avtomobil shinalari yonib ketdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot bergan.

834953c7b52d6a9a8e51a086ded80f3b0715

Qayd etilishicha, bugun, 15-iyul kuni soat 14:17 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor koʻchasidagi ochiq maydonda quruq oʻt va eski avtomobil shinalari yonayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 14:25 da yetib borib, 14:52 da yongʻinni qurshab olgan va 15:06 da toʻliq oʻchirgan.

“Yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq”, deb yozadi FVB.