Toshkent shahar Shayxontohur tumani Farobiy koʻchasi hududida yer ostidan oʻtgan suv quvurlaridan biri portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Videodan kadr
Qayd etilishicha, bugun, 10-iyul kuni soat 11:00 larda Shayxontohur tumani Farobiy koʻchasida dastlabki taxminlarga koʻra diametri 800 mm suv quvurida kuchli bosim ostida yorilish hodisasi yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
FVVga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot kelib tushmagan.