Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari sifatini baholashda “Yangi shaffof tizim” joriy etildi

10.07.2025 00:00 O'zbekiston 5

Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari sifatini baholashda “Yangi shaffof tizim” joriy etildi. Bu haqda “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida qayd etilgan. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

72bc1a31115c08cae5dd9b31040caf220710

Hujjatga koʻra, endilikda Oʻzbekistonda urugʻliklar sifatini baholashning yangi tizimi joriy etiladi. Bu tizim orqali har bir urugʻlik qadoqlari raqamli QR-kodli yorliqlar bilan taʼminlanadi.

QR kodli yorliqlar — urugʻliklar haqidagi barcha maʼlumotlarni, jumladan – nav tavsifnomasi, navdorlik va ekinboplik sifatlari, ishlab chiqaruvchi va urugʻlik haqidagi zaruriy maʼlumotlarni bir zumda koʻrish imkoniyatini beradi.

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” yangi tizim boʻyicha Oʻzbekistonda yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilanadi.

Mazkur tizim ikki bosqichli baholashni nazarda tutadi:

  • birinchi bosqichda — urugʻliklarning navdorlik sifatlarini baholash;
  • ikkinchi bosqichda — urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini baholash.

Bunda, urugʻlik xarid qilinganda foydalanuvchilar raqamli

QR-kodli yorliqlangan va sifati kafolatlangan urugʻlik bilan taʼminlanadi.

Endilikda, barcha dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi subyektlarning reyestri, urugʻliklarning sifatlarini baholash natijalari reytingi bilan agroxizmat.uz rasmiy veb-sayt orqali tanishib borish imkoniyati yaratiladi.

Xalqaro tajribaga asoslanib, yangi tizim doirasida ISTA va OECD qoidalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlar moslashtiriladi.

Natijada, yangi tizim joriy etilishi bilan eksportbop, yuqori sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga erishiladi.