7 bola hovuzda choʻkdi, 2 nafari halok boʻldi

13.07.2025 00:00 O'zbekiston 6

Toshkent shahrida 7 nafar bola uydagi hovuzda choʻkdi, ulardan ikki nafari halok boʻldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berilgan.

"Xalq so‘zi" nashri veb saytida qayd qilinishicha, Respublika shoshilinch tez tibbiy ilmiy markaziga hovuzda choʻkkan 7 nafar bola ogʻir ahvolda keltirilgan. Bu vaqtda ulardan ikki nafari jonsiz boʻlgan. Qolgan 5 nafari zudlik bilan jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

40e3fac1f6f0971e9d88a228a85c1391

Markaz shifokorining soʻzlariga koʻra, bolalardan biriga 40 daqiqa davomida yordam koʻrsatilgach, yuragi urishni boshlagan. 40 daqiqa davomida gipoksiya holatida boʻlgan bolaning sogʻayib ketishi hozirda soʻroq ostida turibdi.

Uch nafar bola oʻziga kelgach, jonlantirish boʻlimidan boshqa boʻlimga oʻtkazilgan. Ikki nafar bolaning ahvoli esa hali ham ogʻirligicha qolmoqda.