Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan (muqaddam sudlanganlar) A.J. va U.M. xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 9 990 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida aylanma yo‘llar orqali respublika hududiga olib kirgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.