O‘zbekiston Prezidenti "Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi

09.07.2025 00:00 O'zbekiston 7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

399a7ee0-ebfb-f18d-8c60-57c1bf19a9e1_lists_8309

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga  muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.