Qashqadaryo viloyatida 3,5 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 15:32 da Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 4 balli yer qimirlashi qayd etilgan.
Zilzila magnitudasi 3,5 ga teng, silkinish 10 km chuqurlikda yuz bergan. Uning epitsentri Toshkentdan 422 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Nishon tumanida 2-3 ball, 22 km.
- Gʻuzor tumanida 2 ball, 29 km.
- Qarshi shahrida 2 ball, 37 km.