Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.
Dunyoda elektromobillar (EV) atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda, deb yozmoqda AQShning CNBC telekanali. Yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari (Ford Motor, General Motors, Mercedes-Benz, Volkswagen, Jaguar Land Rover va Aston Martin) elektromobil ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki kechiktirmoqda.
CNBC`ning ta’kidlashicha, hatto AQSh EV bozorining yetakchisi bo‘lgan Tesla ham (mamlakatdagi EV sotuvining 55 foizini tashkil qiladi) 2024-yilda o‘sish sur’atlari “sezilarli darajada past bo‘lishi mumkin"ligiga tayyorlanmoqda.