Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya poytaxti Moskva shahri yaqinida ro‘y bergan terorrchilik xujumidan so‘ng fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini, xususan Rossiyada avval bir necha marta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan qirg‘izistonliklarni qo‘shimcha xavfsizlik choralari va chegaradan o‘tkazishning kuchaytirilgan rejimi bekor qilinmaguncha bu mamlakatga bormay turishni tavsiya qilgan.
Shuningdek, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan qirg‘izistonliklardan esa odam ko‘p to‘planadigan joylarga bormaslik so‘ralgan.
“Rossiya Federatsiyasiga borish uchun uzrli sabablari bo'lmagan fuqarolar qo'shimcha xavfsizlik choralari va davlat chegarasi orqali kirishda kuchaytirilgan nazorat rejimi bekor qilinmaguncha uning hududiga sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishlari kerak”, – deyiladi vazirlik murojaatida.