Putin 150 ming kishini muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruvni boshlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
foto: “TASS”
Bu yilgi bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv yangi qoidalar asosida o‘tkazilmoqda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish yoshining yuqori chegarasi 2024-yil 1-yanvardan boshlab 27 yoshdan 30 yoshga ko‘tarildi, quyi chegara esa o‘zgarishsiz qoldi. 2023-yil oxirigacha 27 yoshga to‘lganlar harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash muddati tugagan askarlar, matroslar, serjantlar va kichik ofitserlar xizmatdan bo‘shatiladi