“Tolibon” Afg‘onistonda partiya nomi ostidagi har qanday faoliyatni noqonuniy deb e’lon qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
foto: Aamaj News
“Adliya vazirligi Afg‘onistonda partiya nomi ostidagi har qanday faoliyatni noqonuniy deb hisoblaydi va bunday harakatlar takrorlansa, qonunbuzarlarga qarshi qonuniy va shariat asosida ish olib borishi haqida ogohlantiradi”, — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, hukumat davrida faol bo‘lgan ijtimoiy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilgan, xayriya jamg‘armalari va birlashmalar “Tolibon” Adliya vazirligining rasmiy litsenziyasi va prinsiplari asosida faoliyat yuritishi mumkin.
Bundan ruxsatnomasiz faoliyat yuritayotgan xayriya jamg‘armalari va boshqa ijtimoiy muassasalarni o‘z faoliyatini to‘xtatish haqida ogohlantirgan. Ayni paytda “Tolibon” Adliya vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul Hakim Sharai o‘zining so‘nggi bayonotida partiya nomini olish jinoyat ekani va ularning rejimida partiyalarga o‘rin yo‘qligini aytdi