Qozog‘iston va Qirg‘iziston Prezidentlari uchrashadi

09.04.2024 00:00 Dunyo 5

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘izis Respublikasi rahbari matbuot xizmati ma'lum qilgan.

2022-05-26_12-44-19_504262

vb.kg saytidan olingan surat

Qayd etilishicha, tashrif doirasida ikki davlat prezidentlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazadi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, madaniy tadbirlarda ham ishtirok etilishi kutilmoqda. Xususan,  Sadir Japarov Qirg‘iziston kinosi kunlarining ochilishi marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan.