Joriy yil 26-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Pekindagi Xalq majlislari uyi zalida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.
Foto: "Sinxua" agentligi
Si Szinpin yig‘ilishda Xitoy o'ziga ishongan, ochiq, gullab-yashnagan va rivojlanayotgan Amerika Qo'shma Shtatlarini ko'rishdan xursand ekanligini aytib o‘tdi va AQSh tomoni Xitoyning rivojlanishiga ijobiy nuqtai nazardan qarashiga umid bildirdi.
“Agar bu fundamental masala hal etilsa, “birinchi tugma” bosilsa, Xitoy-AQSh munosabatlari haqiqatda barqarorlashadi, yaxshilanadi va oldinga siljiydi”, dedi Si Szinpin.
Janob Si bu yil Xitoy va Qo'shma Shtatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 45 yil to‘lganligini ta'kidlab, o‘tgan davr davomida munosabatlarda ko‘ngilsiz holatlar bilan bir qatorda muhim o‘rganish nuqtalari bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Si Szinpin Xitoy va Qoʻshma Shtatlar raqib emas, sherik boʻlishi va bir-biriga zarar yetkazgandan koʻra umumiy muvaffaqiyatga yordam berishi lozimligini aytib o‘tdi. Bundan tashqari, ko‘ngilsiz raqobatga kirishgandan ko‘ra, kelishmovchiliklarni hal qilish yo‘lida umumiy yechim yo‘llarini izlash kerak. Bir narsani ta'kidlab, amalda boshqacha yo‘l tutmaslik, ya'ni aytilgan so‘zlarga sodiq bo‘lish va uni amalda qo'llash kerakligini ta'kidladi.
“Men uchta asosiy tamoyilni taklif qildim: o‘zaro hurmat, tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlik. Ular o‘tmish asosida umumlashtirilgan tajriba va kelajakka yo‘l-yo‘riqdir”, — dedi Si.
Hozirgi vaqtda dunyo so‘nggi 100 yil ichidagi eng chuqur o‘zgarishlarini boshdan kechirmoqda, xalqaro vaziyat esa beqaror va notinch. Xitoy va AQSh oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash, kelishmovchiliklarni nazorat qilish va hamkorlikni rivojlantirish ikki davlat xalqining umumiy orzu-niyatlari, shuningdek, xalqaro hamjamiyat kutayotgan holat deya qo‘shimcha qildi Si.
"Men Yer sayyorasi Xitoy va Qo'shma Shtatlarning umumiy rivojlanishi va farovonlikni ta'minlash uchun yetarlicha katta ekanligini ko‘p marta aytdim", deya qayd etdi u.
Bundan tashqari, Xitoy rahbari o‘tgan yili San-Fransiskoda AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan bo‘lgan uchrashuvini, ular San-Frantsiskoning kelajakka qaratilgan qarashlarini taqdim etganini yod oldi. Oxirgi bir necha oy davomida har ikki tomon vakillari ikki davlat rahbarlarining kelishuvi asosida ish olib bordi, turli sohalardagi aloqalarni saqlab qoldi va muayyan yutuqlarga erishdi.
“Ammo hali ham hal etilmagan muammolar bor, ular qo'shimcha harakatlarni talab qiladi. Sizning bu safargi tashrifingiz bir necha hafta oldin Prezident Bayden bilan telefon orqali suhbatimiz chog‘ida kelishilgan edi. Umid qilamanki, bu samarali bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Si Szinpin.
Xitoy Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ham AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar besh banddan iborat kelishuvga erishdilar:
Birinchidan, tomonlar ikki mamlakat davlat rahbarlarining ko‘rsatmalariga muvofiq Xitoy-AQSh munosabatlarini barqarorlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib olishdi. San-Fransiskodagi uchrashuvdan so‘ng Xitoy va AQSh o‘rtasida turli sohalardagi muloqot va hamkorlikda ijobiy siljishlar qayd etilgani tasdiqlandi hamda tomonlar ikki mamlakat davlat rahbarlari erishgan muhim kelishuvlarni hayotga tadbiq etishni tezlashtirishga kelishib oldilar.
Ikkinchidan, yuqori darajadagi barcha almashinuv va aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi. Tomonlar diplomatiya, iqtisod, moliya va savdo kabi sohalarda qayta tiklangan va yangi tashkil etilgan maslahatlashuv mexanizmlari rivojlantirishga bel bog‘laydi, ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasidagi almashinuvni davom ettiradi, iqlim va sun'iy intellekt, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda Xitoy-AQSh birgalikdagi sa'y-harakatlarini yanada rivojlantiradilar.
Uchinchidan, tomonlar sun'iy intellekt bo‘yicha Xitoy-AQSh hukumatlararo muloqotining birinchi yig‘ilishini o'tkazish, ikki mamlakat munosabatlarining asosiy tamoyillari bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish, Osiyo-Tinch okeani masalalari va Xitoy va AQSh davlatlarining dengizdagi harakatlari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarning yangi raundi o‘tkazilishini e'lon qildi, konsullik masalalari bo‘yicha Xitoy-Amerika maslahatlashuvlarini davom ettiriladi. Bundan tashqari, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhi yuqori martabali vakillar yig‘ilishini o‘tkazadi. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Xitoyning iqlim o'zgarishi bo'yicha maxsus elchisi Lyu Chjenmning AQShga tashrifini olqishlaydi.
To‘rtinchidan, tomonlar davlatlararo madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, o‘zaro talabalar almashinuvini olqishlash hamda may oyida Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoy-AQSh yuqori darajadagi turizm bo‘yicha 14-muloqotining muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlashga tayyorgarlik ko‘rish choralarini ko‘radi.
Beshinchidan, tomonlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettiradi va har ikki tomonning maxsus vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.