Si Szinping Yevropaga tashrif buyurdi.

07.05.2024 00:00 Dunyo 5

6p_centr_si_e98

Foto: Reuters

Xitoy rahbari Si Szinping besh yil ichida ilk bor Yevropaga noodatiy vaqtda noodatiy tashrifini amalga oshirdi
Makron seshanba kuni Sini tog‘ga chiqishga taklif etgan. Ular Pirineyadagi dengiz sathidan 2000 m balandlikdagi Kol dyu Turmale qoyalariga chiqishadi, fransuzlar prezidenti bolaligida bu yerga buvisini ziyorat qilish uchun borib turgan. 

Si Yevropada besh kun bo‘ladi. U Yevroittifoq rahbariyati ofisi joylashgan Bryusselga kelmasdan, Fransiyani tanladi — bu Yevropa Ittifoqidagi yagona yadroviy derjava, uning rahbari Emmanuel Makron , doimo murosaga tayyor ,AQSh manziliga tanqidlar bildirishdan tortinmaydigan yagona yevropalik yetakchi.

Sining Fransiyadan keyingi manzillari Serbiya va Vengriyada bo'ladi. 

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban YeIga a’zo davlatlar rahbarlari orasida o‘tgan yil kuzida «Bir kamar — bir yo‘l» loyihasining yubiley sammitiga borgan . 

Si joriy yil boshidan buyon ilk xorijiy safari doirasida ushbu davlatlarga ham mehmonga kelmoqda.